MDH Ijroiya qoʻmitasi ekspertlar guruhi yigʻilishi yakunlari toʻgʻrisida

Oʻzbekistonning MDHdagi raisligi doirasida Hamdoʻstlik mamlakatlari ekspertlari MDH Ijroiya qoʻmitasi Raisi – MDH Ijroiya kotibi oʻrinbosarlari va MDH Ijroiya qoʻmitasidagi boshqa mansabdor shaxslar kvotalarini taqsimlash, tayinlash va almashtirish tartibini takomillashtirish masalalarini videokonferensaloqa shaklida muhokama qildilar.

Tadbirda Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida MDH Ijroiya qoʻmitasida kvotalarni taqsimlash tartibini takomillashtirish boʻyicha kelgusidagi ishlar shakli koʻrib chiqildi.

Ekspertlar yigʻilishi yakunida MDH Tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi majlisida ushbu masala muhokamasini davom ettirishga qaror qilindi.

 

OʻzA