Masalalar:
1. 2020-yilning 10-iyuliga kelib, Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash tizimi katta bosimga duch keldi. Mavjud sogʻliqni saqlash muassasalari quvvati yangi COVID-19 ga chalingan bemorlarni qabul qilish uchun yetarli emas.
2. Ayni vaziyatda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi uchun COVID-19 bilan zararlanganlar sonini qisqartirish hamda kasallanish zanjirini hech boʻlmaganda bir oyga uzish va tizimni qayta tiklash hayotiy zaruriyatdir.
3. Qatʼiy karantin choralarini qoʻllamaslik — koronavirusga chalinganlarni statsionar davolash uchun kasalxonalarda joy qolmasligi va ular bilan ishlash uchun shifokor va tibbiy xodimlarni yetishmasligiga olib keladi.
4. Boshqa kasalliklardan sodir boʻladigan ehtimoliy oʻlim holatlarini hisoblashning imkoni boʻlmaydi, sababi barcha tibbiyot xodimlari va yotoq oʻrinlari COVID-19 bemorlari bilan band boʻladi.
5. COVID-19 bilan kasallangan shifokorlar soni koʻpaymoqda. Koʻpchilik karantinda boʻlgani sababli xodimlar yetishmovchiligi yuzaga kelgan. Shifokorlar va tibbiyot xodimlariga boʻlgan psixologik bosim eng yuqori nuqtaga yetdi.
6. Rasmiy statistika faqat aniqlangan kasallanish holatlarini qayd etmoqda. Haqiqiy holat boshqa mamlakatlardagi kabi bir necha barobar farqli boʻlishi mumkin. Sababi hamma bemorlar ham tibbiy yordamga murojaat qilishmayapti, simptomsiz bemorlarni esa hisobga olishning imkoni yoʻq.
—————————
Yechim:
1. Tibbiyot muassasalarining faoliyatini yengillashtirish uchun bemorlarni uyda davolash va karantinni uyda oʻtkazish boʻyicha bayonnoma qabul qilindi.
2. Karantin markaziga qoʻproq fuqarolarni qabul qilish va ularning karantinda boʻlish muddatini kamaytirish imkonini beruvchi yangi qisqa muddatli karantinda saqlash protokoli qabul qilindi.
3. 20 kunlik tanaffus — sogʻliqni saqlash muassasalari, shifokorlar va tibbiyot xodimlariga boʻlgan bosimni yumshatish va avgust oyida mamlakat iqtisodiyotini tiklashda davom etish uchun zarur.