Germaniya Federativ Respublikasi
Federal Prezidenti
Frank-Valter Shtaynmayyer
Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Germaniya Federativ Respublikasining sobiq Federal kansleri Gelmut Kol vafoti to‘g‘risidagi xabar meni chuqur qayg‘uga soldi.
Janob Kol jahon miqyosidagi yirik siyosiy lider va GFRning mashhur davlat arbobi sifatida xotiramizda mangu qoladi. Jahon tarixidagi eng muhim siyosiy voqealar, jumladan, Germaniyaning birlashuvi va Yevropa Ittifoqining tashkil topishi bevosita uning nomi bilan bog‘liq.
Gelmut Kol, shuningdek, O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik va do‘stlik aloqalari o‘rnatilishi va rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan.
Ta’ziyamni qabul qilishingizni va janob Kolning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman.Qayg‘u bilan,
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti