Messi eng yaxshi futbolchilar oʻrtasida yetakchi, Ronaldu esa 11-oʻrinda

“Squawka” nashri XXI asrda oʻtkazilgan Chempionlar ligasi finallarida eng yaxshi oʻyin koʻrsatgan futbolchilar reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 2011-yil “Manchester Yunayted”ga (3:1) qarshi finalda koʻrsatgan oʻyini uchun birinchi oʻrinni egalladi.
2002-yil “Real” safida oʻynagan Zinedin Zidan “Bayer”ga (2:1) qarshi oʻtgan soʻnggi hal qiluvchi bellashuvdagi oʻyini uchun 2-oʻrindan joy olgan. 2009-yilda “Barselona” va “Manchester Yunayted” (2:0) oʻrtasidagi bellashuvda yorqin oʻyin namoyish etgan Xavi kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Hozirda “Yuventus” safida maydonga tushayotgan Krishtianu Ronaldu ushbu jadvalning kuchli oʻntaligiga kira olmadi. U 2017-yil “Real” jamoasi aʼzosi sifatida “Yuventus”ga (4:1) qarshi betakror oʻyini uchun 11- pogʻonaga munosib koʻrildi.
Quyida reytingdan joy olgan barcha 15 ta futbolchi bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. Lionel Messi (final 2011-yil “Barselona” – “Manchester Yunayted” 3:1).
2. Zinedin Zidan (final 2002-yil “Real” – “Bayer” 2:1)
3. Xavi (final 2009-yil “Barselona” – “Manchester Yunayted” 2:0)
4. Stiven Djerrard (final 2005-yil “Liverpul” – “Milan” 3:3 (3:2 pen.)
5. Oliver Kan (final 2001-yil “Bavariya” – “Valensiya” 1:1 (5:4 pen.)
6. Didye Drogba (final 2012-yil “Chelsi” – “Bavariya” 1:1 (4:3 pen.)
7. Aryen Robben (final 2013-yil “Bavariya” – “Borussiya” 2:1)
8. Anxel di Mariya (final 2014-yil “Real” – “Atletiko” 4:1)
9. Garet Beyl (final 2018-yil “Real” – “Liverpul” 3:1)
10. Diyego Milito (final 2010-yil “Inter” – “Bavariya” 2:0)
11. Krishtianu Ronaldu (final 2017-yil “Real” – “Yuventus” 4:1)
12. Stiv Makmanaman (final 2000-yil “Real” – “Valensiya” 3:0)
13. Andres Inyesta (final 2015-yil “Barselona” – “Yuventus” 3:1)
14. Serxio Ramos (final 2016-yil “Real” – “Atletiko” 1:1 (5:3 pen.)
15. Edvin van der Sar (final 2008-yil “Manchester Yunayted” – “Chelsi” 1:1 (6:5 pen.).

 

Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA