Moʻl hosil tadorigi

Amudaryo tumani mirishkorlari gʻalladan moʻl hosil olish maqsadida barcha agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishga eʼtibor qaratgan.
Tuman hududidagi dalalarni kezgan kishi boshoqlari boʻliq, durkun rivojlanayotgan bugʻdoyzorlarni koʻrib, koʻngli yuksaladi. Boisi, ana shu yetishtirilayotgan hosil yaqin kunlar ichida totli non boʻlib el dasturxonini bezaydi.
Qangli ovulidagi “Begzod Gʻanisher” fermer xoʻjaligida oʻtgan yil kuzda 13 gektar yerga yaxshi niyatlar boshoqli don qadalgan edi. Shu kungacha bugʻdoy maysalari toʻrt marta oziqlantirildi va zararli hasharotlarga qarshi ishlov berildi. Ayniqsa, Hamro Nurullayev ijaraga olgan bugʻdoyzorlarda ekin rivoji juda yaxshi. Boshoqlari boʻliq, poyalari tekis, yashnab turgan bugʻdoyzor ertangi rizqimiz moʻl-koʻl boʻlishidan darak bermoqda.
Xoʻjalik ishchilari yaqinlashib kelayotgan bugʻdoy oʻrim-yigʻimi mavsumiga hozirdanoq puxta hozirlik koʻrishmoqda. Oʻtgan yili gʻallakorlar 35 sentnerdan hosil yigʻishtirib olgan edi. Bu yilgi koʻzlanayotgan marra esa undan ancha yuqori.

 

Maqsad HABIBULLAYEV olgan suratlar, OʻzA