Turkiyadan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami

Turkiya Respublikasi tomonidan taqdim etilgan insonparvarlik yuki “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga qarashli havo kemasida Toshkentga olib kelindi.

“Istanbul – Toshkent” yoʻnalishida parvoz qilgan samolyot orqali yetkazilgan gumanitar yordamni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼul xodimlari Turkiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi vakillari bilan birga kutib oldi.

Tukkiyadan-yuk-odamlar (2).jpg

Tukkiyadan-yuk-odamlar (4).jpg

Tukkiyadan-yuk-odamlar (5).jpg

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan joriy yil 22-aprel kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqot chogʻida yangi global xatar – koronavirus infeksiyasining shiddatli tarqalishiga qarshi kurashda yana-da jipslashishni qoʻllab-quvvatlagandilar.
Davlatlarimiz rahbarlarining qatʼiy irodasi tufayli oʻzaro munosabatlarimiz yuqori choʻqqiga koʻtarilgan bir paytda ayni hamkorlik oʻta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, birdamligimiz butun dunyoni larzaga solgan koronavirus pandemiyasi davrida ikki mamlakat yetakchilari oʻrtasidagi muloqotda erishilgan kelishuvlarning yana bir amaliy natijasi sifatida namoyon boʻldi.

Tukkiyadan-yuk-odamlar (3).jpg

Tukkiyadan-yuk-odamlar (6).jpg

Tukkiyadan-yuk-odamlar (7).jpg

Turkiyaning oʻzida ishlab chiqarilgan, oʻpkaga sunʼiy nafas yuborish uchun moʻljallangan 50 dona apparat respublikamiz boʻylab birinchi navbatda ehtiyojmand, eng zarur nuqtalarga tarqatiladi. Mazkur uskuna xalqaro standartlar asosida sinovdan oʻtkazilgan boʻlib, koronavirus kasalligining ogʻir shaklini boshidan kechirayotgan bemorlarni sogʻlom hayotga qaytarishga yordam beradi.
– Butun yer yuzida ogʻir vaziyat yuzaga kelganda ikki qardosh mamlakatning bir-biriga yordam berishi, bir-birini qoʻllab-quvvatlashi tabiiy hol, – dedi Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi vakili Aybuke Ahsen Turan xonim. – Zero, sinovli kunlarda yelkadosh boʻlish xalqlarimiz tabiatiga xos fazilat. Turkiyaning tibbiy uskuna koʻrinishidagi mazkur koʻmagi ham fikrimizga yaqqol misol boʻla oladi.

Tukkiyadan-yuk-odamlar (8).jpg

Tukkiyadan-yuk-odamlar (9).jpg

Tukkiyadan-yuk-odamlar (10).jpg

Mutaxassislar fikriga koʻra, Turkiyaning oʻpkaga sunʼiy nafas yuborish apparatlari boshqa muqobil uskunalarga qaraganda yuqori sifatga ega va barcha yosh toifasidagi bemorlar uchun moʻljallangan.
Avvalroq epidemiya bilan samarali kurash olib borishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Turkiya Oʻzbekistonga shaxsiy himoya vositalari – 50 ming tibbiy niqob va 200 ming kombinezondan iborat gumanitar koʻmak yuborgan edi.

Tukkiyadan-yuk-odamlar (11).jpg

Tukkiyadan-yuk-odamlar (12).jpg

Tukkiyadan-yuk-odamlar (13).jpg

 

Gʻayrat XONNAZAROV, Muhammad AMIN (surat), OʻzA