“Yosh g‘unchalar” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan musobaqa xotin-qizlarni sportga jalb etish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Musobaqaning shahar va tuman bosqichlari joriy yil 20 sentabrdan 20 oktabrga qadar o‘tkazilib, unda 11-15 yoshli 700 nafardan ortiq qiz ishtirok etdi.

1 (3).jpg

Ular orasidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 70 nafarga yaqin qiz musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida gimnastika bo‘yicha mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

12 (1).jpg

Turnir yakunida 11 yoshlilar guruhida Qo‘ng‘irot tumanidan L.Qo‘ng‘irotboyeva, 12, 13, 14, 15 yoshli guruhlar o‘rtasida nukuslik A.Sag‘inliqova, B.Obodboyeva, G.Xudoybergenova va A.Yo‘ldosheva birinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblar musobaqaning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

 

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA