Ispaniya poytaxti Madridda koronavirusdan vafot etganlarning jasadlarini shahardagi Muz saroyida saqlashga qaror qilindi. Ayni paytda Madridda virus qurbonlari soni 1263 kishiga yetgan, bu butun mamlakatda vaft etganlarning yarmidan koʻpini tashkil etadi.
Hududiy hukumat muz maydoni 1800 kvadrat metrni tashkil etadigan saroydan morg oʻrnida foydalanmoqchi, deb xabar qiladi Español nashri.
Oʻtgan dushanba kuni Madrid meri Xose Luis Martines Almeyda Ispaniya hukumatini Madrid shahri dafn qilish byurosining vaziyatni qoʻlga olishi tobora murakkablashib borayotgani, morg xodimlarida COVID-19 yuqtirgan jasadlar bilan ishlash uchun himoya kostyumlari yoʻqligi haqda xabardor qilgandi.
O’zA