Poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionatining navbatdagi turida “Humo” va “Almaty” jamoalari o‘zaro ikkinchi o‘yinni o‘tkazdi.
Ushbu o‘yinda poytaxtimiz klubi raqib ustidan 4:3 hisobida zafar quchdi. Buning natijasida “Humo” klubi Qozog‘iston muntazam chempionati jadvalida 28 ta o‘yinda 39 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Almaty” esa 36 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi.
Endi “Humo” jamoasi 27-28 dekabr kunlari Qozog‘istonning Atirau (Atыrau) viloyati sharafini himoya qilayotgan “Beybaris” klubi bilan safar o‘yinini o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA