Ozarbayjon poytaxti Bokudan Chechenistonning Grozniy shahriga uchgan samolyot Qozog‘iston janubi-g‘arbidagi Oktou shahridan bir necha kilometr masofada quladi. Qayd etilishicha, yerga urilgandan keyin yonib ketgan. Voqea joyida qutqaruv xizmati ishlamoqda, jabrlanganlar haqidagi ma’lumotga aniqlik kiritilmoqda.
Uchoq Ozarbayjonning “AzAL” kompaniyasiga tegishli. Hodisaning dastlabki sababi sifatida havo kemasi qushlar galasiga urilgani aytilmoqda.
“AzAL” xabariga ko‘ra, reysda 67 yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bor edi.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Alnazarovaning aytishicha, 6 kishi tirik qolgani ma’lum. Afsuski, ularning ham ahvoli o‘ta og‘ir.