Prezident avtomobillar narxi borasida oʻz fikrini bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda avtomobillar narxi oshirilganiga oʻz munosabatini bildirdi.
– Mana koʻryapsizlar, avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab boʻldi. Bu iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda toʻgʻri emas. Biz xalqqa yengillik yaratishimiz lozim. Har bir qarorni yetti marta emas, yetmish marta oʻylash zarur. Avvalo xalqimizning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerak, – dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari bozor iqtisodiyotiga oʻtish ogʻirligi, lekin mamlakatimiz shu yoʻldan borishini taʼkidladi.

 

O’zA