Koronavirus asosan kimlarga yuqadi?

Kuzatuv va tahlillarga koʻra, dunyo boʻyicha 19 yoshgacha boʻlganlar orasida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etilmagan. Infeksiya asosan keksa yoshdagi va surunkali kasalligi bor bemorlarga yuqib, ogʻir kechmoqda.
Ushbu holatni sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov organizmning himoya vositasi – immunitet mustahkamligi bilan izohladi. Shu bois, immunitetni kuchaytiruvchi oziq-ovqatlar isteʼmol qilishni, dori preparatlarini (albatta, shifokor bilan maslahatlashgan holda) qabul qilishni tavsiya etdi. Ayniqsa, keksa yoshdagi va surunkali kasalliklar bilan ogʻrigan oila aʼzolarimiz boʻlsa, ularni alohida parvarishlash kerakligini maslahat berdi.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA