O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida majlis o‘tkazilib, mazkur vazirlikka tayinlovlar amalga oshirildi.
Turmanov Sag‘indiq Turganbaevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri etib tayinlandi. U bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritadi.
S.Turmanov shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi raisi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Maryam Ahmedova, o‘rinbosari lavozimlariga Sharap Usnatdinov va Umirbay Turdibaev tayinlandi.
O‘zA