Davlatimiz rahbari Yaponiya poytaxtiga keldi

“Xaneda” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Yaponiya ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar, ta’lim tizimini tiklash masalalari vaziri Xagiuda Koichi, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Xideki Uyama va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
 
Bugun Tokioda Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

 

O’zA