Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 oktabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, ertalab va kechqurun yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yomg‘ir yog‘maydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja issiq bo‘ladi.
O‘zA