O‘zbekistonda jurnalistika sohasida xalqaro etika standartlari ilgari suriladi

“Yuksalish” umummilliy harakati va Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.
Ayni paytda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilayotgan treningda O‘zbekistonda jurnalistika sohasida xalqaro etika standartlari ilgari surilishi borasida so‘z yuritilmoqda.
Tadbirda xalqaro ekspert, koreyalik doktor Seol Vontay, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti B.Alimov va soha bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etmoqda.

 

O‘zA