Prezident maktablari boshqa maktablar uchun andoza bo‘lishi, ta’lim muhitini o‘zgartirishi kerak

Bu haqda davlatimiz rahbari Nukus shahrida qurilayotgan Prezident maktabi bilan tanishish chog‘ida aytib o‘tdi. 
Shavkat Mirziyoev Prezident maktablari tashkil etish tashabbusini o‘tgan yili aynan Nukusda e’lon qilgan, buni Qoraqalpog‘istondan boshlashni taklif etgan edi.
Joriy yil 20 fevralda shu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Nukus shahrida ham ushbu maktab qurilishi jadal olib borilmoqda. Kembrij universiteti bilan hamkorlikdagi Imtihon kengashi tomonidan o‘tkazilgan qabul jarayonlarida eng bilimga chanqoq bolalar tanlab olindi.
ca9d9da3-b204-3a46-10bb-0faaed170aaa.jpg
Shavkat Mirziyoev maktabning binosi ham, ma’rifati ham mukammal bo‘lishi kerakligini, shuning uchun uni shoshmasdan, sifatli qurib, Konstitutsiya bayramida foydalanishga topshirish zarurligini ta’kidladi. Ungacha o‘quvchilar boshqa binoda o‘qib turadi.
f62453e7-6cd2-ab7f-990b-0f6fc79fcbf1.jpg
Maktabda darslar xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv reja va “STEAM” dasturi asosida ingliz tilida olib boriladi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi.
Davlatimiz rahbari mazkur bilim dargohi uchun pedagoglar qanday tanlanayotgani bilan qiziqdi.
d32092dd-e174-8fd4-dc05-1a5e64718d57.jpg
– Bu maktablarning o‘qituvchisi ham, o‘quvchisi ham eng namunali bo‘lishi lozim, – dedi Prezident. – Chuqur bilim bilan birga ma’naviyat, vatanparvarlik hissi ham singdirilishi zarur. Bu yerga bilimli bolalar kelishi uchun har bir tumanda bazaviy bog‘cha va maktablar shakllanishi lozim. Shunda umumiy bilim, saviya, ta’lim muhiti o‘zgaradi.
64bedf83-5f2b-1611-dff1-663fca335495.jpg
0d7ba1cb-0905-5a02-9f70-05a299539e15.jpg
2b2d072d-576b-8615-05b3-8297e037bcd5.jpg
936bb90a-0e83-1bfd-68a2-17d6c802c5cf.jpg
62287c83-4848-12c8-d84d-359f30ee344c.jpg
58943661-2145-4bc4-72b4-f8af4b0ca7db.jpg
fd59f2a1-53cb-c64e-4f8b-48d7f2d9eff0.jpg

 

O’zA