O‘zbekistonda qancha bola maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olingan?

Hozirgi vaqtda respublikada 9 ming 774 maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat olib bormoqda.
Shundan 5 ming 832 davlat muassasasi, 3 ming 942 nodavlat. Nodavlat MTMning 753 xususiy, 419 davlat-xususiy sheriklik asosida va 2 ming 770 oilaviydir.
Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bolalar soni 6,1 foizga o‘sgan va 2019 yil birinchi yarim yilligi natijasiga ko‘ra, 1 million 66 ming 353 nafarni tashkil etadi. Respublika bo‘yicha 3-7 yoshli maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning umumiy soni 2 million 631 ming 708 nafardir.
Ma’lumki, 2018 yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 34,4 foizni tashkil etgan edi. 2019 yil yarim yilligi yakuniga kelib, davlat MTMlarida yaratilgan o‘rinlar soni maktabgacha yoshdagi bolalarning 40,5 foizini qamrab olishga imkon beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2030 yilga borib bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish hozirgi 40.5 foizdan 80,8 foizgacha ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

 

O‘zA