“La Gazzetta dello Sport” nashrining xabar berishicha, “Venetsiya” futbol klubi murabbiylari ayni paytda “Roma” sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda.

Jamoa murabbiylari hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun aynan Shomurodovni ijaraga olishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Empoli” Shomurodov uchun kurashda yetakchi ekani aytilgan edi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA