Oʻzbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari toʻgʻrisidagi maʼlumot

“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan, deyiladi Markaziy bank axborotida.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisob varaqlaridagi valyuta mablagʻlarini, yaʼni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari 1-iyul holatiga koʻra 27105,6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan sezilarli darajada kamaygan.
Markaziy bank tomonidan 1-iyun holatiga koʻra taqdim etilgan statistikada Oʻzbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari miqdori 25837,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan edi.

 

OʻzA