Ayol mast holatdagi otasini pichoqlab qoʻydi

2019-yil 9-iyul kuni soat 20:30larda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 26 yoshli Sh.M. ismli ayol uyida oʻzaro janjal oqibatida mast holda boʻlgan otasi 50 yoshli Sh.Yu.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada Sh.Yu. kasalxonaga yotqizilib, Sh.M. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bu – farzandning oʻz otasini pichoqlab qoʻyishiga oid birinchi holat emas.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

 

OʻzA