“ENG ULUGʻ, ENG AZIZ”

Diqqat, tanlov!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bagʻishlangan “ENG ULUGʻ, ENG AZIZ” anʼanaviy koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovga “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan va 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarni keng yorituvchi ijodiy asarlar qabul qilinadi.
“Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovi quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
– yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;
– bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;
– ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari;
– televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;
– tasviriy sanʼat, foto asarlari va dizayn ishlari;
– kino sanʼati asarlari.
Koʻrik-tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
– muallif va uning professional faoliyati toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot;
– muallifning pasport nusxasi;
– ish joyidan tavsiyanoma;
– muallifning manzili va bogʻlanish telefonlari.
Koʻrik-tanlovga 2018-yilning 1-avgustidan 2019-yilning 1-avgustigacha boʻlgan davrda rasman chop etilgan adabiy-badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida eʼlon qilingan maqolalar, radio va telekanallarda efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy sanʼat va kino sanʼati asarlari joriy yilning 5-avgustiga qadar qabul qilinadi.
Koʻrik-tanlov gʻoliblari Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami arafasida taqdirlanadilar va ularning roʻyxati matbuotda eʼlon qilinadi.
Ijodiy ishlar “Eng ulugʻ, eng aziz” koʻrik-tanloviga deb koʻrsatilgan holda quyidagi manzillarga yuborilishi lozim:
100011, Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, telefonlar: 71 244-35-35; 71 244-64-61, 71 244-27-79;
100066, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, Adiblar xiyoboni. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, telefon: 71-231-83-67;
100115, Toshkent shahri, Chilonzor koʻchasi 1-A uy. “Oʻzbekkino” milliy agentligi, telefon: 71 277-81-05.

 

OʻzA