Poytaxtimiz 14-22 iyul kunlari karate (WKF) bo‘yicha XVI Osiyo chempionati va Osiyo karate federatsiyasining navbatdagi saylov kongressiga mezbonlik qiladi.
Osiyo karate federatsiyasining navbatdagi saylov kongressi joriy yilning 18 iyul kuni poytaxtimizdagi “Intemational Tashkent” mehmonxonasida o‘tkaziladi. Shuningdek, 19-21 iyul kunlari “O‘zbekiston“ sport majmuasida karate (WKF) bo‘yicha XVI Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Ushbu yirik sport anjumanlarini yuqori saviyada o‘tkazishga O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz karate milliy federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va Milliy teleradio kompaniyasi o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
19-21 iyul kunlari “O‘zbekiston“ sport majmuasida karate (WKF) bo‘yicha XVI Osiyo chempionatida 50 ga yaqin davlatdan 500 nafarga yaqin karatechi g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashadi.
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA