1 iyundan tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi

Bu boʻyicha 2018-2019 yillarda tariflar va narxlar oʻzgarishi grafigi tasdiqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 897-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, bu boʻyicha 2018-2019 yillarda tariflar va narxlar oʻzgarishi grafigi tasdiqlangan.
Tabiiy gazning (1 kub/m uchun) narxi:
hisoblash asboblari boʻlganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun — 350 soʻm;
hisoblash asboblari boʻlmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:
ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun — 605 soʻm;
isitish tizimi uchun — 350 soʻmdan hisoblanadi.
Elektr energiyasining narxi (1 kVt soati uchun):
I va II guruhdagi isteʼmolchilar uchun — 370 soʻm;
III guruhdagi isteʼmolchilar uchun — 280 soʻm;
IV guruhdagi isteʼmolchilar uchun — 392 soʻm etib belgilanadi.
Amaldagi narxlar va oshiriladigan narxlardagi tafovutni ushbu xabardagi maʼlumotlar asosida taqqoslab olishingiz mumkin.

 

OʻzA