Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi «Shamshirgaron effekt» mas’uliyati cheklangan jamiyati Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi arafasida faoliyat boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 290 million so‘mlik imtiyozli krediti yordamida tashkil etilgan korxonada erkaklar uchun mavsumiy kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. Tikish-bichish ishlariga 30 ga yaqin xotin-qiz jalb etilgan. Korxona mahsulotlari ichki bozordan tashqari, xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA