Yirik EA2 asteroidi Yerga yaqin masofada uchib o‘tadi, deb ogohlantirmoqda NASA
Qayd etilishicha, asteroidning sayyoramizga maksimal darajadagi yaqinlashuvi 22 martda kuzatiladi. Shu kunda osmon jismi Yerdan 305 ming kilometr uzoqlikda uchib o‘tishi taxmin qilinmoqda. Bu masofa sayyoramiz bilan Oy o‘rtasidagi masofadan deyarli 80 ming kilometrga kamroq.
Diametri 18-40 metr bo‘lgan asteroidning bir lahzadagi harakat tezligi 5 kilometrni tashkil etmoqda.
O‘zA