Markaziy Osiyodagi o‘ziga xos yagona muzey

Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi o‘ziga xos bo‘lgan Markaziy Osiyodagi yagona muzeydir.
Info-tur ishtirokchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyiiga tashriv buyurdilar.
1966 yil tashkil topgan muzeyda umumiy soni qariyib 90 mingni tashkil etadigan ekspozitsiyalar saqlanadi.
Muzeyda, asosan 1920-1930 yillarda yashab ijod qilgan o‘zbek va rus rassomlarining ijod namunalari bor.
Muzey 3 ta – arxeologiya, xalq amaliy san’ati va tasviriy san’at bo‘limidan tashkil topgan.
Arxeologiya bo‘limida antik davrdan, to o‘rta asrlarga qadar bo‘lgan Qoraqalpoq va Xorazm madaniyatini aks ettirgan arxeologik topilmalar saqlanadi.
Tasviriy san’at bo‘limi I.A.Saviskiy bilan bir vaqtda yashab ijod qilgan o‘zbek, rus rassomlarining o‘ziga xos yo‘nalishdagi asarlaridan tashkil topgan.
Xalq amaliy san’ati bo‘limida 19-asr oxiri, 20-asr boshlaridagi qoraqalpoq xalq amaliy san’ati namunalari joy olgan.
Muzeyda 150 ga yaqin xodim faoliyat olib boradi.
Ko‘plab xorijiy davlat olimlari arxeologlari ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida tashrif buyuradi.
– Muzeyga 2018 yilda 200 mingga yaqin xorijiy va mahalliy sayyoh kelgan. Muhim jihati shundaki, garchi rassom I.V.Saviskiy Ukrainaning Kiev shahrida tug‘ilgan bo‘lsa-da, uning ijodi Qoraqalpog‘iston bilan uzviy bog‘liq. I.V.Saviskiy o‘z vasiyatiga ko‘ra Nukus shahrida dafn etilgan, – deydi muzey ekspozitsiya zali boshlig‘i Konisbay Tleo‘ov.
photo5210722231691356991.jpg
photo5210722231691356992.jpg
photo5210722231691356995.jpg
photo5210722231691356996.jpg
photo5211061302179506753.jpg
photo5211061302179506754.jpg
photo5211061302179506755.jpg

 

Muhayyo Toshqoraeva, O‘zA