Qashqadaryo aholisining 46,8 foizi daryo, buloq, kachalka va avtoulovlar orqali tashib keltirilgan suvni isteʼmol qiladi

Qashqadaryo viloyatida 2018 yilda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulot hajmi 28,4 trillion soʻmni tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 101,0 foizga oʻsgan.

Oliy Majlis Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisida Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotida bu alohida qayd etildi.

Ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha 937,6 milliard soʻmlik ishlar amalga oshirilgan.

Qashqadaryo viloyatida 3195,5 ming nafar aholi istiqomat qilib, shundan 1730,8 ming nafari (54,2 foizi) markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Qolgan aholi (daryo, buloq, kachalka va avtoulovlar orqali) tashib keltirish yoʻli bilan taʼminlanib kelinmoqda.

Biroq, hududdagi “Suvoqava” davlat unitar korxonasi hisobida jami 275 suv inshootlari mavjud boʻlib, shulardan 70 tasi taʼmirtalabligi sababli foydalanilmay kelinmoqda. Viloyatda jami 6 ming571 kilometr suv tarmogʻi mavjud boʻlib, ularning 62,2 foizi taʼmirtalab ahvolda.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Roʻziyev hududdagi umumtaʼlim maktablarida kimyo, biologiya, fizika laboratoriyalari, chet tili va informatika hamda mehnat xonalari uchun maxsus jihozlar (komplekt) zarurligini qayd etdi. Shuningdek, viloyatdagi 1 min 117 maktabdan 718 tasi soʻnggi 5 yilda taʼmirlanmagan.

Yalpi majlisda bu boradagi qilinishi zarur boʻlgan ishlarni kelgusida tizimli ravishda amalga oshirilishi taʼkidlandi.

 

Abdulaziz Musayev, OʻzA