“Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali yaratiladi

Mazkur portalda xalqaro reytinglar boʻyicha yillik hisobotlar yoritilib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 fevralda “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 aprelgacha Internet tarmogʻida “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali yaratiladi.
Mazkur portalda xalqaro reytinglar boʻyicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni oʻrganish va eʼlon qilish muddatlarini koʻrsatgan holda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari yoritilib boriladi.
2019 yil 1 aprelgacha Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olib xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan reytinglar metodologiyasi tasdiqlanadi.
Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrnini, shu jumladan, tadqiqot institutlarining maʼlumotlari va oʻrganish natijalarini hisobga olgan holda yaxshilash boʻyicha har yili “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqiladi.

 

OʻzA