Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi Oʻzbekistonga keldi

Joriy yilning 4-15 fevral kunlari Xalqaro valyuta jamgʻarmasining missiyasi texnik koʻmak berish doirasida Markaziy bankka tashrif buyurdi. 
Markaziy bank axborot xizmati maʼlum qilishicha, tashrif davomida xalqaro ekspertlar Markaziy bankning pul va valyuta bozoridagi operatsiyalarini takomillashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini beradilar.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad – Markaziy bankning pul-kredit siyosati instrumentlari va ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarni takomillashtirish, xususan, ichki pul va valyuta bozorlarini rivojlantirish, shuningdek, bank tizimida likvidlik darajasini prognozlashtirish va optimal foiz koridorini aniqlash usullarini ishlab chiqishda Markaziy bankka yaqindan koʻmak berish.

 

OʻzA