Global isish: insoniyatga xavf solmoqda

Soʻnggi toʻrt yil insoniyat tarixida eng issiq yillar boʻlib qayd etildi. 
Yer sharining global isishi insoniyat uchun xavf solayotgan asosiy muammolardan biridir. Yer oʻrtacha haroratining past suratlarda ortib borayotgani, avvalgi yillar bilan taqqoslanganda tobora past koʻrsatkich qayd etilayotgani olimlarni jiddiy xavotirga qoʻygan.
Mutaxassislar fikricha, soʻnggi 100 yil ichida Yerning oʻrtacha harorati sezilarli darajada oshib bormoqda. Oʻtgan toʻrt yilda esa sayyoramizda eng issiq iqlim kuzatilgan.
Xususan, 2018 yil Yevropa, Sharqiy Osiyo davlatlari, Yangi Zelandiya hamda Rossiyada rekord darajadagi issiq kuzatilib, buning oqibatida hududlarda turli darajadagi suv toshqinlari, yongʻinlar yuz bergan.
Olimlar global isish koʻtarilishi natijasida insoniyat yoʻq boʻlib ketishi ehtimolidan ogohlantirmoqda.

 

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA