Tarbiya muassasalariga imtiyozlar berildi

“Ishonch telefonlari” orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga yordam koʻrsatish tizimi tashkil qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda “Ishonch telefonlari” orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga yordam koʻrsatish tizimi tashkil qilinishi belgilandi.
Mazkur hujjatga muvofiq, tarbiya muassasalari quyidagilardan ozod etildi:
• yetim bolalarni joylashtirish bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirishdagi toʻlovlardan;
• yetim bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilishda davlat boji va boshqa toʻlovlardan.
Shuningdek, banklar yetim bolalarga yosh oilalar uchun nazarda tutilgan shartlarda imtiyozli ipoteka kreditlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun kreditlar ajratadi.

 

OʻzA