Film 17 fevral kuni, Moskva vaqti bilan soat 13:20 da efirga uzatiladi. Mazkur film islom tarixi va madaniyatidagi buyuk shaxs – Imom al Buxoriy hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan. Ming yillardan buyon u nafaqat musulmon olamida, balki butun dunyoda ulkan hurmat – eʼtiborga sazovor insondir.
Favqulodda qobiliyatli va adolatparvar Imom al Buxoriy Qurʼoni Karimdan soʻng islom taʼlimotidagi ikkinchi kitob – “Al Jomeʼ as-sahih” (“Ishonchli toʻplam”) asarining muallifi hisoblanadi.
Filmda Oʻzbekistonning mashhur olimlari, xorijiy ekspertlar va diniy ulamolar ishtirok etishgan. Yaratganga xizmat qilish va insoniyatga cheksiz muhabbat bilan yoʻgʻrilgan umr.
Imom Kurrai zamindagi sayohatining eng soʻnggi kunigacha oʻzining yuksak gʻoyalari va ulkan vazifasiga sodiq boʻlib qoldi.
OʻzA