Qoraqalpogʻistonda yosh gvardiyachilar bellashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Yosh gvardiyachilar” respublika musobaqasini oʻtkazmoqda.
Mazkur musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida hududdagi Milliy gvardiya boʻlinmalariga biriktirilgan 4 maktab oʻquvchilari va Nukus shahridagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari 5 shart boʻyicha oʻzaro bellashdi.
IMG_3850.JPG
Musobaqada birinchi oʻrinni Nukus shahar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qoʻlga kiritdi.
“Yosh gvardiyachilar” musobaqasining mamlakat bosqichi Toshkent shahrida oʻtkaziladi.

 

Muhayyo Toshqorayeva,OʻzA