Shavkat Mirziyoyev: Bogʻchaga borgan bolaning dunyoqarashi keng boʻladi

Shavkat Mirziyoyev Mirzachoʻl tumanidagi “Binafsha” davlat maktabgacha taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

2018 yilda amalga oshirilgan “Obod qishloq” dasturi asosida kapital taʼmirlangan bogʻcha 280 oʻringa moʻljallangan. Bu yerda bolajonlarning taʼlim tarbiya olishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratildi. Mashgʻulot xonalari bolalarni maktabga tayyorlashdagi eng ilgʻor metodikalar asosida zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan. Kichik sport va oʻyin maydonchasi qurilgan. Turli interfaol oʻyinlar, aqlni charxlashga koʻmaklashuvchi jihozlar bolalarning dastlabki bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bolajonlar uchun yaratilgan sharoit bilan tanishar ekan, maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish, farzandlarimizga yaxshi tarbiya berish doimiy eʼtiborimizda boʻladi. Bogʻchaga borgan bolaning sogʻligʻi mustahkam, dunyoqarashi keng, oʻziga ishonchi yuqori boʻladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, davlat va xususiy bogʻchalar tashkil etish orqali bolalar qamrovini koʻpaytirish, shu bilan birga taʼlim-tarbiya sifatini oshirish zarurligini taʼkidladi

a2ee2837-60ed-459b-8e1d-45f6bbe44edd.jpg

65b3be2f-be9d-ff1a-9db1-75d417b1a97a.jpg
d73d7636-173d-d3cf-f7bd-427592a4f4ed.jpg

 

Ziyodulla Jonibekov, OʻzA