30 ta muzeyning ʼʼVirtual muzeyʼʼ bazasi yaratiladi

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi “2018-2022 yillarda davlat teatrlarining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi qarorning 2019 yil rejasida koʻzda tutilganidek endi. 
2019 yilda 95 ta madaniy meros obyektlarini taʼmirlash-tiklash ishlari uchun davlat byudjetidan 71 milliard soʻm ajratish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2019 yilda 30 ta muzeyning “Virtual muzey” bazasini yaratish ishlari yakunlanadi. Respublika teatr muassasalari hamda Oʻzbekiston muzeylari yagona portallari ishga tushiriladi, deb xabar berildi Madaniyat vazirligida oʻtkazilgan matbuot anjumanida va axborot xizmati tarqatgan maʼlumotida.

 

OʻzA