Ikki kun davom etgan musobaqa yakuniga koʻra umumjamoa hisobida 1-oʻrin Ichki ishlar vazirligi jamoasiga nasib etdi. Milliy gvardiya jamoasi esa 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Norasmiy umumjamoa hisobida kuchli uchlikni Davlat xavfsizligi xizmati jamoasi yakunlab berdi.
Sanʼatkorlar ijrosidagi diltortar qoʻshiqlar va maftunkor raqslar yigʻilganlarga bir olam quvonch ulashdi. Musobaqa yakunida barcha gʻolib va sovrindorlar medal, diplom hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan taʼsis etilgan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Muhammad Amin (surat), OʻzA