Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak, degan naql bor. Bir-biriga mehr-muruvvat koʻrsatish xalqimizga xos fazilat. Mehrga muhtoj bolalar holidan xabar olish esa har birimiz uchun ham farz, ham qarz.
Yangi yil bayrami munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi Taxiatosh tumani boʻlimi xodimlari tumandagi “Bolalar uyiga” tashrif buyurdi hamda shirintoylarga MIB xodimlari nomidan yangi yil sovgʻalari topshirildi.
– Sovgʻalarni topshirar ekanmiz, begʻubor oʻgʻil-qizlarning koʻzidagi quvonchni koʻrib, qalbimiz yashnab ketdi, – deydi byuro inspektori Baxit Qabulova.
Tadbir yakunida bolajonlar tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi yigʻilganlar qalbiga olam-olam quvonch bagʻishladi.
Yesimxon Qanoatov, OʻzA