Oʻzbekistonda geologiya sohasi xodimlari kuni belgilanadi

Oliy Majlis Senatida “Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni koʻrib chiqildi. 
Qonun bilan aprel oyining birinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni etib belgilanmoqda.
Soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganlaridek, qonun respublika yoshlari orasida geologiya sohasini ommalashtirishga, yuqori malakali xodimlarning potensial sonini oshirishga, geologik qidiruv ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Sanoat miqyosida oʻzlashtirish uchun oʻtkaziladigan yangi foydali qazilmalar konlari ochilishini ragʻbatlantirish, respublika mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish ishiga munosib hissa qoʻshgan geologlarning mehnatini ragʻbatlantirish qonunning asosiy maqsadlardandir.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

 

OʻzA