Chernogoriyaning Podgoritsa shahrida shaxmat bo‘yicha ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati zaif sportchilar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi munosib natijaga erishdi.

Beshta qit’adan yig‘ilgan iroda va matonat sohibi bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi murosasiz bahslarda munosib natijaga erishgan O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi Ahadxon Kimsanboyev 2-o‘rinni egalladi.

“International Blind Sports Federation” tashkiloti Chernogoriya paralimpiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan Ahadxon Kimsanboyevning sovrindorligi sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi.

Jahon chempionatida munosib natijaga erishgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi ertaga, 5 noyabr kuni O‘zbekistonga qaytib keladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA