Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 21 oktyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Xo‘jayli” chegara bojxona postida hashar tashkil etildi.

Hashar inson qalbidan boshlanadigan, unga ezgulik, mehr-muhabbat urug‘ini qadaydigan xalqimizga xos qadriyatdir. Shu bois ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi rahbariyati va xodimlar ertalabdan “Xo‘jayli” chegara bojxona postiga yo‘l olishdi. Hashar post hududini tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish va  manzarali ko‘chatlar ekish bilan boshladi.

Boshqarma va post xodimlari hamjihatlik va ko‘tarinki kayfiyat bilan xayrli ishga munosib hissa qo‘shdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.