“Oʻzbekinvest” kompaniyasi oktyabr oyida 4 milliard soʻm sugʻurta qoplamalarini toʻlab berdi

Sugʻurta tashkiloti mijozining sogʻligʻi yoki mol-mulkiga baxtsiz hodisa oqibatida zarar yetganda unga moliyaviy koʻmak berish sugʻurta kompaniyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
“Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi tomonidan mijozlar oldida olingan majburiyatlarni bajarish maqsadida tunu-kun ishlovchi dispetcherlik xizmati faoliyat yuritayotgan boʻlib, sugʻurta hodisasi yuzasidan qilinadigan har bir murojaat imkon qadar tez koʻrib chiqilib, sugʻurta qoplamasini oʻz vaqtida toʻlab berish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2018 yilning oktyabr oyi davomida “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi tomonidan jami 847 ta sugʻurta daʼvolari koʻrib chiqilib, qariyb 4 milliard soʻm sugʻurta qoplamasi toʻlab berilgan. Shundan 84 foizi sugʻurtaning ixtiyoriy turlariga, 16 foizi esa majburiy turlar ulushiga toʻgʻri keladi.
Joriy yil boshidan buyon esa kompaniya tomonidan oʻz mijozlariga jami 8211 ta sugʻurta daʼvolari boʻyicha 28,2 milliard soʻmdan ortiq sugʻurta qoplamalari toʻlab berilgan.

 

OʻzA