Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar markazida birinchi “Made in Uzbekistan” eksport koʻrgazma yarmarkasi boshlandi.
Unda 150 ortiq mahalliy korxonalar tekstil, charm-poyabzal mahsulotlari, gilamlar, meva-sabzavotlar, elektronika va kabel mahsulotlari, avtomobil va qishloq xoʻjaligi texnikasi, metallurgiya, neft-kimyo va boshqa turdagi tayyor mahsulotlarini namoyish etmoqda.
Nufuzli koʻrgazmaga Yevropa, Markaziy Osiyo, Rossiya, AQSH, Ukraina, Afgʻoniston, BAA, Xitoy va boshqa davlatlardan mingdan ortiq xorijiy korxonalar, yurtimizning tashqi iqtisodiy hamkor tashkilotlari vakillari taklif etilgan.
Davron Sunnatov, OʻzA