Orolning oʻtmishi va bugunidan soʻylaydi

Prezidentimizning 2017 yil 28 fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanini 2017-2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida hududda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmokda.
Xususan, tumandagi “Ekologiya” muzeyi “Urganchtransgaz” shoʻba korxonasi tomonidan rekonstruksiya qilinib, yangi qiyofa kasb etdi.
– Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali sifatida faoliyat koʻrsatayotgan ushbu maʼnaviyat maskanida 300 dan ortiq eksponat mavjud, – deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Saniya Boybosinova. – Muzeyga tashrif buyurganlar Orol dengizining oʻtmishi va bugungi kundagi florasi, faunasi va mahalliy aholi etnografiyasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.
4.jpg
9.jpg
11.jpg
12.jpg
16.jpg
19.jpg
20.jpg
28.jpg

 

Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA