2018 yilning 21-24 noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Brussel shahrida boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston delegatsiyasi “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining navbatdagi majlisida, “Yevroittifoq – Markaziy Osiyo” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etadi. Shuningdek, Brussel shahrida YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy komissari Federika Mogerini, YIga raislik qilayotgan Avstriya Tashqi ishlar vaziri Karin Knyaysel, Belgiya Tashqi ishlar vaziri Dide Reynders va boshqa rasmiy shaxslar bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi.
OʻzA