Nukusda 3 ta OTMning filiali tashkil etildi

2019 – 2020 oʻquv yilida har bir Filialga 50 nafardan talaba qabul qilinadi.
Hukumat qarorlari bilan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali tashkil etildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Qarorlar bilan mazkur Filiallarning tuzilmasi hamda bakalavrlar tayyorlash boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari tasdiqlandi.
2019 – 2020 oʻquv yilida har bir Filialga 50 nafardan talaba qabul qilinadi.
2020–2021 oʻquv yilidan boshlab esa mazkur Filiallarga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

 

OʻzA