Milliy matbuot markazida byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi faoliyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani davom etmoqda.
– 30 yil ish stajiga ega boʻlgan fuqaro va 10 yil stajga ega boʻlgan fuqaro pensiyasi orasidagi farq 100-200 ming soʻm. Aholi orasida bunday holatlarga eʼtirozlar bor. Natijada fuqarolar, ayniqsa, yoshlarda ishlamasdan ham yaxshi pensiya olsa boʻlar ekanku, degan fikrni uygʻotmoqda.
Birinchidan, tizim juda murakkab boʻlib, baʼzan oʻzimizning xodimlar ham uni tushuna olmay qolyapti. Hududlardagi ayrim inspektorlar mehnat daftarchasini arxivdan tasdiqlatib kelishni fuqarodan talab qilishmoqda, aslida bunga hojat yoʻq. Avvallari inson omiliga bogʻliq ravishda kimgadir koʻproq, kimgadir kamroq pensiya tayinlanar edi. Hozirda esa bu ishlar programmalashtirilgan boʻlib, markazdan turib tizimni nazorat qilish imkoniyati mavjud, – dedi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori Yorqin Tursunov.
Saytimizni kuzatishni davom eting!
OʻzA