Oʻzbekistonda baliqchilik klasterlari tashkil etiladi

Klasterning yillik baliq yetishtirish quvvati kamida 50 tonna boʻlganda 2019 yil 1 yanvardan uch yil davomida barcha soliqlar va majburiy ajratmalardan ozod etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 noyabrda “Baliqchilik sohasi rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq endilikda baliqchilik sohasida toʻliq tizimli ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlari tashkil etiladi. Klasterning yillik baliq yetishtirish quvvati kamida 50 tonna boʻlganda 2019 yil 1 yanvardan uch yil davomida barcha soliqlar va majburiy ajratmalardan ozod etiladi.
Shuningdek, qarorga muvofiq uzluksiz suv taʼminlash imkoniyati boʻlgan sunʼiy suv havza maydonlari mavjud boʻlgan baliqchilik xoʻjaliklari bosqichma-bosqich intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

 

OʻzA