Qulay fursatni boy bermang ishbilarmon investorlar!

Joriy yilning 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.

Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 2968 ta boʻsh yer uchastkalari, 723 mlrd. 123 mln.404 ming soʻm investitsiya kiritish, 10476 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 8 mlrd. 527 mln.500 ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1120 ta boʻsh yer uchastkalari 337 mlrd. 736 mln. soʻm investitsiya kiritish, 4828 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 11 mlrd. 31mln600 ming soʻmga sotildi.

Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1848 ta boʻsh yer uchastkalari 6 mlrd. 682 mln.100 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun :

– Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 taboʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 172 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 313 mln. soʻmlik ;

– Samarqand viloyatining Davlat raqobatboshqarmasi tomonidan 20 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 225 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 150 mln. soʻmlik ;

– Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 54 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 296 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 150 mln. soʻmlik ;

– Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 taboʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 70 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 175 mln. soʻmlik ;

– Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 26 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 291 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 480 mln. soʻmlik ;

– Surxandaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 12 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 100 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 370mln. soʻmlik ;

– Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 13 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 53 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 1 mlrd. 50mln. soʻmlik ;

– Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 5 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 59 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 1 mlrd.439mln. soʻmlik ;

– Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 12 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 156 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda4 mlrd.850 mln. soʻmlik ;

– Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 331 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 13 mlrd. 150 mln. soʻmlik ;

– Sirdaryo viloyatining Davlat raqobatboshqarmasi tomonidan 13 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 108yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 870 mln. soʻmlik ;

– Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobatboshqarmasi tomonidan 4 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 34 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 460 mln. soʻmlik ;

– Toshkent viloyati Davlat raqobatboshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 330 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 580 mln. soʻmlik ;

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 36 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 301ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 7 mlrd. 800 mln. soʻmlik mol-mulklar investitsiya kiritish sharti bilan3 mlrd. 35 mln. 36 soʻm miqdorga sotildi.

Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQIHAMDA BIZNЕSINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QOʻSHADI!

“E-IJRO AUKSION”YAESMga savdoga qoʻyilgan 1 soʻmlik binolar
 
ROʻYXATI
 
01.JPG
02.JPG
03.JPG
04.JPG