Oktyabr oyi davomidagi umumiy narxlar darajasining oʻsishiga tovarlar 1,5 foiz, xizmatlar esa 0,5 foizga taʼsir etgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi 2018 yilning oktyabr oyi uchun respublika isteʼmol sektoridagi inflyatsiya darajasini eʼlon qildi.
Yilning har bir oyidagi isteʼmol narxlari oʻzgarishi tahliliga koʻra, iqtisodiyotga sezilarli darajadagi inflyatsion bosim joriy yilning 1-choragi (uch oy mobaynida inflyatsiya 4,9 foizga oshgan) va sentyabr-oktyabr oylari (oyiga mos ravishda 1,8 foiz va 1,3 foiz) davomida kuzatilgan.
(1-rasm) 2018 yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha isteʼmol narxlari indeksi (INI) dinamikasi, %
Oy davomidagi umumiy narxlar darajasining oʻsishiga tovarlar 1,5 foiz, xizmatlar esa 0,5 foizga taʼsir etgan.
(2-rasm) 2018 yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha isteʼmol narxlari indeksi dinamikasi, (oʻtgan oyga nisbatan, %)
2017 yilning oxiriga nisbatan tovarlar narxi oʻrtacha 9,1 foizga oshib, xizmatlar esa 10,7 foizga qimmatlashgan.
(3-rasm) 2018 yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha isteʼmol narxlari indeksi dinamikasi, (oʻtgan yilning dekabr oyiga nisbatan, %)
Yillik inflyatsiya darajasi tahlili natijalariga koʻra (2018 yilning oktyabr oyi, oʻtgan yilning mos oyiga nisbatan), joriy yilning birinchi sakkiz oyi davomidagi inflyatsiya darajasida bosqichma-bosqich pasayish tegdensiyasi kuzatilgan. Sentyabr oyidan eʼtiboran yillik inflyatsiya darajasi yana oʻsish tomon siljiy boshladi va oktyabr oyi 2017 yilning oktyabr oyiga nisbatan 16,3 foizni tashkil qildi.
(4-rasm) 2018 yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha isteʼmol narxlari indeksi dinamikasi, (oʻtgan yilning mos oyiga nisbatan, %)
OʻzA